Ayni paytda terma jamoa tarkibida kadrlar bo‘yicha muhim o‘zgarish yuz berdi. Jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri Jaloliddin Masharipov jarohat sabab uzoq muddat o‘yin amaliyotisiz qolgani hamda mashg‘ulotlarda to‘liq qatnasha olmagani bois mundialda ishtirok eta olmaydi.
Ma’lum qilinishicha, futbolchini tezroq tiklash va safga qaytarish maqsadida terma jamoa tibbiy shtabi tomonidan zarur davolash hamda individual tayyorgarlik dasturi asosida ishlar olib borilgan. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijalari FIFA tibbiy qo‘mitasiga taqdim etilgan.
Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish yakunlariga ko‘ra, Jaloliddin Masharipovning Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin emasligi ma’lum qilingan.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasining yakuniy qaydnomasiга Ruslanbek Jiyanov kiritildi.
Jamoamiz muxlislari va futbol jamoatchiligi Jaloliddin Masharipovga tezroq sog‘ayib, yana maydonlarga qaytishini tilab qoladi.