Bu haqda Zambiya sog'liqni saqlash vaziri Silviya Masebo ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, mamlakatning o'nta viloyatidan oltitasida ushbu kasallikka chalingan bemorlar aniqlangan.

Maseboning ta'kidlashicha, odamlar kasallangan hayvonlarning go'shtini iste'mol qilish orqali kuydirgi kasalligiga yo'liqqan.

Kuydirgi (Sibir yarasi) sut emizuvchilarning bakteriyalar keltirib chiqaradigan yuqumli kasalligidir. Kasallik qo'zg'atuvchisi tuproqda sporalar orqali ko'p yillar davomida yashovchan bo'lib qoladi, deb xabar beradi korrespondent.net.