"Zamin Creative" — san'at sohasiga qiziqqan yoshlarning salohiyatini aniqlash va rivojlantirishga mo'ljallangan inklyuziv ijodiy ta'lim muhitidir. 

"Zamin Creative" ta'lim dasturidan ko'zlangan maqsad yoshlarda aktyorlik mahorati, fashion design, mediasavodxonlik ko'nikmalarini shakllantirish va ijodiy OTMlarga tayyorlashdan iborat.

16 yoshdan 19 yoshgacha bo'lgan talabgorlar tanlov asosida studiyaning ilk ishtirokchilari bo'lish imkoniyatiga ega. 

Talabgorlar joriy yilning 4-apreliga qadar https://zamineducation.uz/zamin-creative havolasi orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Hozirda 101-, 102- va 106-son eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o'quvchilari tanlovda o'z ijodiy ishlari bilan qatnashmoqda.