Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli nasos stansiyalarida elektr energiyasini tejash va undan samarali foydalanish doimiy eʼtiborda.
– Hududlardagi nasos stansiyalariga reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi kondensator qurilmalari, zamonaviy energiyatejamkor svetodiodli lampalar, quyosh batareyalari, chastota oʻzgartiruvchi qurilmalarni oʻrnatish ishlari bajarilyapti, – deydi boshqarma boshligʻi Murod Tillayev. – Oʻtgan yili hududlardagi nasos stansiyalarida 7 ta kondensator qurilmasi, 4 ta chastota oʻzgartiruvchi diod va 1 ta quyosh batareyasi, 10 ta nasos hamda 15 ta elektrodvigatel oʻrnatildi. Shuningdek, 2 ming 250 metr turli kuchlanishdagi kabellar va 30 ta suv sarfini oʻlchovchi onlayn qurilma modernizatsiya qilindi. Ushbu zamonaviy texnikalar nafaqat elektr energiyasini tejab qoladi, balki suv sarfi kamayishining ham oldini oladi.
2021-yilda nasoslarni taʼmirlash dasturida koʻrsatilgan taʼmirlash rejasi 91 dona boʻlib, amalda 94 donaga bajarildi.
Sugʻorish va meliorativ quduqlarni taʼmirlash rejasi 15 dona boʻlib, amalda 100 foizga bajarildi. Shu vaqt davomida nasoslarga biriktirilgan 43 ming 639 gektar maydondagi qishloq xoʻjaligi ekinlariga jami 379,3 million kub metr suv chiqarildi.
Viloyatdagi nasos stansiyalarini zamonaviy texnikalar bilan jihozlash, ayrimlarini joriy taʼmirlash ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.
Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmati