Zamonaviy universitet — bu:

- ochiq va dinamik tarzda rivojlanayotgan, yuqori sifatli ta'lim beradigan muassasa;

- global fikrlay oladigan, global ta'lim beradigan dargoh;

- salmoqli nazariy bilimlar jamlagan ulkan akademik maktab;

- fanlar va sohalararo ilmiy tadqiqotlar markazi;

- mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan maskan;

- talabalarga nafaqat bilim beradigan, balki ularni katta hayotga tayyorlaydigan dargoh;

- ta'lim, fan, innovasiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtira oladigan platforma;

- mamlakat soha va hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasa;

- oliy ta'limning investisiyaviy jozibadorligini oshirib, xorijiy ta'lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb eta oladigan hamjamiyat;

- professor-o'qituvchi va talabalar uchun sog'lom raqobat muhitini yaratib beradigan maskan;

- ta'lim va ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan o'zaro manfaatli hamkorligini ta'minlay oladigan ko'prik;

- akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligiga ega muassasa;

- raqamlashtirilgan, inson omili minimal bo'lgan, korrupsiyadan xoli tashkilot;

- xalqaro aloqalar tarmog'i keng bo'lgan, xorijiy TOP universitetlar bilan qo'shma dasturlarni yo'lga qo'ygan platforma;

- ziyoli insonlar uchun magnit kuchiga ega fayzli dargoh.