Xususan, joriy yilgi rejaga asosan aholi xonadonlariga jami 9 252 dona, ulgurji isteʼmolchilarga 3 768 dona gaz jihozlari oʻrnatilishi zarur. Shundan kelib chiqib, shu kunga qadar 6 449 mingta zamonaviy, energiya tejamkor gorelkalar xonadonlarga, 2 539 tasi esa ulgurji tashkilotlarga oʻrnatildi.

Shu bilan birga, filial mutaxassislari xonadonma–xonadon yurib, tejamkor gaz uskunalarining istemolchilar uchun qulayliklari, xavfsizligi haqida batafsil tushunchalar berib kelishyapti. Eʼtiborlisi, tejamkor gaz uskunalari orqali isteʼmolchi 30–40 foiz gazni kam yoqishi mumkin. Bu ularni ortiqcha sarf–xarajatlarning ham oldini oladi.