DXXning maʼlum qilishicha, Zangiota tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi bosh mutaxassisi ham pora olayotgan vaqtda qoʻlga olindi.

Aytilishicha, u mahalliy fuqaroga davlat zaxirasidan ajratilishi mumkin boʻlgan 8 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSH dollari talab qilgan.

Bosh mutaxassis 20 ming dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Hozirda mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari boʻyicha ish qoʻzgʻatilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.