Tadbirda viloyat Prokuraturasi, DXX va IIBB xodimlari ishtirok etib, yashirin ekstremistik faoliyat bilan shugʻullanayotgan “ikkinchi” bir guruh shaxslar ushlandi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Shuningdek, viloyat boʻyicha oʻtayotgan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari davomida, "qidiruv“, ”yonida tigʻli jism olib yurish“, ”belgilangan karantin va “Pasport-viza” qoidalarini buzish“, ”jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qilish“, ”bezorilik“ va ”noqonuniy ov quroli saqlash" kabi bir nechta holatlar aniqlanib belgilangan tartibda choralar koʻrilyapti.
Natijalar muntazam ravishda rasmiy sahifalarimiz orqali yoritib boriladi.
IIBB Axborot xizmati