Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlarga vaksina qilinadimi?

    Salomatlik 26 Aprel 2021 463

    SSV Matbuot xizmatining ushbu savoliga vazirlik qoshidagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva javob berdi:

    — Vaksinalar – kasallikni oldini olishga qaratilgan vositalar boʻlib, ularni organizmga yuborish uchun inson oʻtkir yoki surunkali kasalliklardan butunlay davolanib, emlashni tinch davrda amalga oshirish kerak..

    Uni ikki xil vaqtda, yaʼni koronavirus infeksiyasi bilan umuman kasallanilmagan holatda yoki kasallikka chalingach 3, 6 yoki 9 oy oʻtib, qonda kasallikka qarshi ishlab chiqilgan antitanachalar titri kamaygan yoki umuman tushib ketgan holatlarda emlashni oʻtkazish tavsiya etiladi.

    Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus bilan ogʻir holatda davolanayotgan bemorlar organizmiga, afsuski, infeksiya tushib boʻlgan va kasallikning oʻtkir yoki oʻtkir osti davrida emlash tavsiya etilmaydi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi
    Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.