Loyihani amalga oshirish uchun “EAGLERISE DEVELOPMENT HK COMPANY LIMITED” (XXR) kompaniyasi tomonidan “Mega Energy Power TECH” MCHJ (Loyiha kompaniyasi) taʼsis etilgan.

Qarorda belgilanishicha, mazkur kompaniya elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya quradi hamda ishga tushirilgandan soʻng ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi.

Qarorga koʻra, loyiha kompaniyasi oʻz zimmasiga elektr energiyasini saqlash tizimi foydalanishga kafolatlangan tarzda tayyor turishini taʼminlash majburiyatini oladi.

Elektr energiyasini saqlash tizimini qurish bilan bogʻliq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari Bitimlarga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinadi.