Bayonning 85-bandiga koʻra Zangiota tumanida Zangiota ziyoratgohi roʻparasida “Hunarmandlar savdo Markazi”ni tashkil etish va markazni tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16-noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 911-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan ushbu masala deputatlar muhokamasiga qoʻyildi.

Yangi tashkil etilayotgan markaz loyihasi bilan tuman hokimi deputatlarni tanishtirdi. Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashi tomonidan taqdimot materiallari bir ovozdan maqullandi. 2021-2022-yillarda Zangiota tumanidagi Zangiota ziyoratgohi atrofida “Hunarmandlar markazi”ni tashkil etish boʻyicha tashkiliy ishlar olib boriladi