Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Chinor” mahallasida yashovchi 44 yoshli shaxs va uning 65 yoshli xolasi hech qanday ruxsatnomasiz hamda yetarli diniy bilimga ega boʻlmay turib, voyaga yetmaganlarga saboq berib kelayotgani aniqlandi.

Mazkur xonadonlarda jami 15 nafar voyaga yetmagan bola noinsoniy sharoitlarda saqlab kelingan. Xususan, bir uyda 10 nafar, ikkinchisida esa 5 nafar bola yashash va taʼlim olish uchun joylashtirilgan.

Shuningdek, “oʻqituvchilar” bolalarni oʻqitish evaziga ota-onalardan oyiga 1 million soʻmdan 300 dollargacha pul olib kelishgan va ayrim holatlarda bolalarga nisbatan jismoniy tazyiq oʻtkazishgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Huquq-tartibot organlari fuqarolardan farzandlarini xavf ostiga qoʻymaslikni va faqat davlat tomonidan rasmiy ruxsat berilgan diniy taʼlim muassasalariga murojaat qilishni soʻrab qoladi.