Zangiotada yirik logistik markazi ish boshlaydi

    Xalqaro hamkorlik 11 Yanvar 2022 2108

    Zangiotada yiliga oʻrtacha 6 million dollarlik mahsulot eksport qiluvchi korxona ish boshlaydi.

    Zangiota tumanining “Erkin” hududida Xitoyning xalqaro logistika markazi “Jieshite Logisties Co. LTD.” kompaniyasi tomonidan “SU SHI KUN” xorijiy korxonasi tashkil etilyapti.

    Zamonaviy usulda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, qadoqlash va qayta ishlash, tashish va yetkazib berish, logistikasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan mazkur loyiha ishga tushirilishi uchun Xitoy kompaniyasining 21 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyasi jalb etiladi. Buning natijasida 200 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

    Mazkur korxona joriy yil yakuniga qadar toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, yiliga oʻrtacha 6 million dollar miqdorida qayta ishlangan mahsulot Markaziy Osiyo, Rossiya, Xitoy va Yevropa davlatlariga eksport qilinadi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.