2-mart kuni soat 13:32 da Toshkent viloyati Ohangaron shahar “Qoʻrgʻon” MFY A-373 avtomagistral yoʻlida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasi hududida “HYUNDAI” rusumli avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan.

Shunga koʻra 1 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 13:38 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 13:41da oʻrab olingan va soat 13:44 da oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida avtomobilning motor va salon qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.