Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti II bosqich talabasi Nargiza Yoʻldosheva London shahrida tashkil etilgan “Yevropa madaniyati — sanʼati” nomli xalqaro onlayn tanlovda “Zar koʻylak” (yuqoridagi surat) nomli ayollar koʻylagi bilan ishtirok etdi.

Natijada Nargiza gʻoliblikni qoʻlga kiritdi hamda tashkilotchilar tomonidan diplom va medal bilan taqdirlandi.

Gulichehra Durdiyeva