Zarafshon shahrida ilk bor buyrak ko'chirish amaliyoti o'tkazildi

    Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasida buyrak ko'chirish amaliyoti o'tkazildi.

    Markazdan olis hududlarda aholining ortiqcha ovoragarchiliksiz malakali tibbiy xizmatlardan va imkoniyatlardan foydalanishi kengaymoqda.

    Xususan, Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasida buyrak ko'chirish amaliyoti o'tkazildi.

    Murakkab amaliyot Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi transplantologiya bo'limi xodimlari hamda mahalliy shifokorlar hamkorligida amalga oshirildi.

    5 soat davom etgan tibbiy amaliyot davomida Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi fuqoralar 37 yoshli Zarifjon Isoqov o'z akasi 44 yoshli Salohiddin Isoqovga chap buyragini berdi. Amaliyotdan so'ng aka-ukalarning ahvoli yaxshi.

    Aytish joizki, bu kabi murakkab jarrohlik amaliyoti Zarafshon shahrida buyrak transplantatsiyasi ilk bor bajarildi.