Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarafshon shahar boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Zarafshon shahar tabiat resurslari inspeksiyasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi N.Ya. fuqarolar N.H va K.M.ni tanishlari yordamida tuman tibbiyot birlashmasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimiga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 2 500 AQSH dollarini olib, ushbu pullarni tanishi M.O.ga qoldirib, Zarafshon shahar 12-kichik tuman 51-uyning oldiga kelgan vaqtida ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.