Zarafshonda “Zarafshan-Uchiyama System” MChJ xorijiy korxonasi ta'sischiligida “Axborot texnologiyasi akademiyasi” faoliyat boshlagani haqida xabar berilgandi.

Kecha Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov hamda Yaponiya davlatining “Beeanz Inc” kompaniyasi direktori Uchiyama Sutomu tomonidan hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Endilikda IT akademiyasida umumta'lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari hamda 30 yoshgacha bo‘lgan shahar yoshlari imtixon asosida o‘qishga qabul qilinib, ularga dastur yaratish bilan bog‘liq bilimlar beriladi. O‘qishni muvafaqqiyatli tugatgan talabalar “Beeanz Inc” kompaniyasiga ishga qabul qilinadi. Talabalar xohishiga qarab Yaponiyaga borib yoki masofadan turib, internet orqali ishlash imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.

Uchrashuvda viloyat hokimi Qobil Tursunov va “Beeanz Inc” kompaniyasi direktori Uchiyama Sutomu boshqa tumanlarda ham shunday IT markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.