Jumladan, piyoda holda kirib kelgan fuqaro tana aʼzolarini skanerlovchi qurilma yordamida tekshirilganda, uning kiyimi ichki qismiga hufiyona joylashtirilgan umumiy ogʼirligi 83,7 gramm boʼlgan zargarlik buyumlarini olib kirishga uringani fosh etildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʼra, olib qoʼyilgan zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 85 million soʼmni tashkil etmoqda.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.