Zargarlik sanoati iqtisodiyotimizning yana bir “drayveri” boʻlishi kutilmoqda

    Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi.

    Davlatimiz rahbari soʻzining avvalida bugungi tahlikali va noaniqliklarga toʻla sharoitda har bir mamlakat, avvalo, eng koʻp ish oʻrinlari yaratadigan sohalarni himoyalash choralarini koʻrayotganini taʼkidladi.

    Shu munosabat bilan tashqi bozordagi tebranishlar sharoitida 1 millionga yaqin aholi ishlayotgan toʻqimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlikni qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyotimizning yana bir “drayveri” boʻlishi kutilayotgan zargarlik sanoatiga yangi surʼat bagʻishlash muhimligi qayd etildi.

    Oʻtgan 4 oyda sanoat 6,3 foizga oʻsib, 290 trillion soʻmga yetdi.

    «Bu – hozirgi murakkab sharoitda oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natijasi. Lekin 29 ta tumanda ishlab chiqarish 4,5 trillion soʻmga kamaygan. Bu kichkina raqamlar emas», — dedi davlatimiz rahbari.