«Zarurat bo'lmasa, kechki payt yo'lga chiqmang»

    Xavfsizlik 22 Yanvar 2021 1137

    Qamchiq dovonidagi vaziyat bo'yicha haydovchilar ogohlantirildi.

    IIV YHXBB Qamchiq dovonida qor yog'ayotgani sabab haydovchilarni zarurat bo'lmasa kechki payt yo'lga chiqmaslikka chaqirdi.

    Ma'lum qilinishicha, Qamchiq dovonida hamon qor yog'moqda, havo harorati selsiy bo‘yicha -16 darajaga tushgan.

    «Hurmatli haydovchilar, qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda harakatlaning, gaz va tormoz tepkisini keskin bosmang», — deyiladi xabarda.