IIV YHXBB Qamchiq dovonida qor yog'ayotgani sabab haydovchilarni zarurat bo'lmasa kechki payt yo'lga chiqmaslikka chaqirdi.

Ma'lum qilinishicha, Qamchiq dovonida hamon qor yog'moqda, havo harorati selsiy bo‘yicha -16 darajaga tushgan.

«Hurmatli haydovchilar, qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda harakatlaning, gaz va tormoz tepkisini keskin bosmang», — deyiladi xabarda.