Tokio – 2020 musobaqalari tobora qizg'in tus olmoqda.  Turnirda qilichbozlikning sablya yo'nalishida qatnashgan yurtdoshimiz Zaynab Dayibekova chorakfinalda vengriyalik Alan Mortanga 11:15 hisobida yutqazib qo'ydi.

To'rt yillikning eng yirik musobaqasida debyut qilgan qoraqalpog'istonlik 18 yoshli sportchimiz Zaynab  1/4 finalga qadar koreyalik Ji Su YUn (15:13), xitoylik YAki SHao (15:10) va yaponiyalik Aoki CHikini ham (15:9) turnirdan chiqarib yuborgan edi.