Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Do‘stbekov Shuhrat Begimqulovich yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.

Nizomiddinov Zaynilobiddin Shaxobbidinovich Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.

Zaynilobiddin Nizomiddinov 1974-yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.