G guruhining 3-turida vakillarimiz Gonkong terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Murosasiz kechgan uchrashuv Oʻzbekistonning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
34-daqiqada Diyora Habibullaeva hisobni ochib, jamoamizni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi boʻlimning 64-daqiqasida Lan Vey Gonkong terma jamoasining javob golini urdi.
Uchrashuv taqdiri qoʻshib berilgan daqiqalarda hal boʻldi. 90+2-daqiqada belgilangan penaltilni Maftuna Shoyimova aniq amalga oshirib, Oʻzbekistonga gʻalabani taʼminlagan golni kiritdi.
Guruh bosqichi yakuniga koʻra, Xitoy 7 ochko bilan birinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston 5 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egallab, pley-offga yoʻl oldi. Filippin 4 ochko bilan uchinchi, ochko jamgʻara olmagan Gonkong esa toʻrtinchi oʻrinda qoldi.