Education World Forum doirasiда boʻlib oʻtgan tadbirda Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining INQAAHE tarmogʻiga toʻliq aʼzoligi tasdiqlandi.

INQAAHE bugungi kunda 300 dan ortiq sifatni taʼminlash agentliklari, akkreditatsiya tashkilotlari va ekspertlarni birlashtirgan global tarmoq hisoblanadi.

Mazkur aʼzolik Oʻzbekiston milliy akkreditatsiya tizimi xalqaro standartlarga muvofiq ekanini anglatadi.

Toʻliq aʼzolik qator yangi imkoniyatlarni ochadi:

  • akkreditatsiyadan oʻtgan oliy taʼlim muassasalari diplomlarining xalqaro miqyosda tan olinishi kuchayadi;
  • bitiruvchilarning xorijda taʼlim olish va mehnat faoliyatini davom ettirish imkoniyatlari kengayadi;
  • davlat akkreditatsiyasi natijalarining xalqaro eʼtirofi ortadi;
  • oliygohlarning xalqaro reytinglar, akkreditatsiya jarayonlari va grant dasturlarida ishtirok etishi yengillashadi;
  • etakchi xorijiy universitetlar bilan qoʻshma va ikki diplomli dasturlar koʻlami kengayadi;
  • INQAAHE tarmogʻi orqali xalqaro ekspertlarni jalb etish imkoniyati yaratiladi;
  • milliy ekspertlar malakasini oshirish va ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish imkoniyatlari kengayadi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur aʼzolik Oʻzbekistonda taʼlim sifati, xalqaro integratsiya va milliy diplomlar nufuzini yangi bosqichga olib chiqishda muhim strategik ahamiyatga ega.