Mazkur uchrashuvda Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarini durang bilan yakunladi.

Bahs taqdiri Nodirbek Yoqubboyev hamda Nihal Sarin o‘rtasidagi partiyada hal bo‘ldi. Murakkab vaziyatda qolgan Nodirbek Yoqubboyev raqibiga tuzoq qo‘yib, partiyani o‘z foydasiga hal qildi.


Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, shaxmat olimpiadasida peshqadmlikni qo‘lga oldi.