Vazirlik bayonotida muqaddas qadamdjolar, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakat nomaqbul ekani ta’kidlangan.

«Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan to‘liq birdamligimizni bildiramiz hamda muqaddas qadamdjolar, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni nomaqbul deb hisoblaymiz», — deyiladi TIV bayonotida.

O‘zbekiston TIV barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlik namoyon etishga, xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilishga, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirgan.

Shuningdek, O‘zbekiston keskinlikni kamaytirish, mojaroni yanada tarqalishining oldini olish hamda mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Saudiya Arabistoni tomoni 16 sentyabr kuni havo mudofaasi kuchlari Makka shahri yaqinida dronni urib tushirganini ma’lum qilgan. Saudiya tomoni dronni husiylar uchirganini bildirgan bo‘lsa, husiylar Makkani nishonga olganini rad etgan.