Oʻzbekiston va Hindiston muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasida kelishuvga erishdi Oʻzbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi aviatsiya maʼmuriyati oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralarda ikki mamlakat oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam aviqatnovlarni “International Air Travel Bubble” Bitimi asosida amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Joriy yilning mart oyidan boshlab, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Toshkent – Dehli – Toshkent yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni amalga oshirish boshlanadi.

Transport vazirligi Axborot xizmati