Tadbirda Oʻzbekiston tomonidan Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodjaev va investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Shokhrukh Gulamov, Koreya tomonidan esa KEIB raisi va bosh ijrochi direktori Hvan Ki Yon ishtirok etdi.

Maʼlum qilinishicha, memorandum energetika, raqamlashtirish, sunʼiy intellekt hamda «yashil» infratuzilma sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutadi.

Kelibshuvni amalga oshirish maqsadida tomonlar qoʻshma ishchi guruh tuzadi. Hvan Ki Yon KEXIM Oʻzbekiston bozorida faoliyat yuritayotgan koreyalik kompaniyalarni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishini taʼkidladi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi hamkorlikning muhim yoʻnalishlari ham muhokama qilindi. Jumladan, EDSF jamgʻarmasi koʻmagida Koreya texnologiyalari asosida yaratilgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarning ishga tushirilishi hamda «K-Finance» strategiyasi doirasida KEIB va KOTRA idoralarining birlashtirilishi qayd etildi.

Taʼkidlanishicha, mazkur yondashuv koreyalik tadbirkorlarga «yagona darcha» tamoyili asosida moliyaviy va marketing xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.