Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi qarori bilan amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasi doirasida koʻzda tutilgan.
Loyiha Oʻzbekistonning “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi» doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jahon banki bilan qiymati 10,6 mln dollar boʻlgan grant bitimini imzolagan. Shuningdek, “Oʻztransgaz” AJ bilan grant mablagʻlarini taqsimlash boʻyicha subsidiar kelishuv tuzilgan.
Jahon banki koʻmagida oʻtkazilgan tadbirlar natijasida respublika hududidagi “Oʻztransgaz” obyektlarida gaz sizib chiqishi bilan bogʻliq 1 000 dan ortiq nuqsonli nuqta aniqlangan.
Qaror bilan loyiha doirasidagi komponentlar va moliyalashtirish hajmlarining maqsadli parametrlari, loyihani muvofiqlashtiruvchi idoralararo ishchi guruh tarkibi hamda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish natijasida tejaladigan mablagʻlarni jamlash va qayta investitsiya qilish tartibi tasdiqlangan.
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori 2026-yil 19-avgustdan kuchga kirgan.