Farmonga koʻra, 1 oktabrdan yashil hududlarni belgilash, yerlarni koʻchat ekishga tayyorlash hamda koʻchat va butalar zaxirasini yaratish ishlari boshlanadi.

Koʻchat va butalarni ekish esa hududlarga qarab turli sanalarda boshlanadi:

  • 1 noyabrdan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida;
  • 5 noyabrdan — Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
  • 10 noyabrdan — Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahrida;
  • 20 noyabrdan — Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida.

Shuningdek, 2027 yil 1 yanvardan "Yashil mahalla" loyihasi doirasida "Mahallani yashillashtirish" paketi joriy etiladi.

Unga koʻra, mahallalarga Oʻrmon agentligi tomonidan oʻrmonchi-murabbiy biriktiriladi. "Mahalla yettiligi" aʼzolari esa har bir ekish mavsumi boshlanishidan oldin oʻrmonchi-murabbiylar tomonidan bir marta qisqa oʻquv kurslarida oʻqitiladi.