Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatdagi bolalarning 6 million 30 ming 736 nafari o‘g‘il bolalar, 5 million 600 ming 143 nafari esa qizlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur ma’lumotlar 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan e’lon qilindi.

Milliy statistika qo‘mitasi yurtimizdagi barcha bolalarni bayram bilan tabriklab, ularga sog‘liq-salomatlik va baxtli kelajak tilagan.