Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning 1 fevral holatiga Oʻzbekistonda avtomobillarni yuvish, sayqallash va shu kabi faoliyat bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar (yuridik shaxslar) soni 3 122 tani tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 504 taga yoki 19,3 foizga oshgan.

 Ularning hududlar kesimdagi soni quyidagicha:

Xorazm viloyati — 399 ta

Toshkent shahri — 366 ta

Fargʻona  viloyati — 310 ta

Toshkent viloyati — 299 ta

Samarqand viloyati — 276 ta

Surxondaryo viloyati — 258 ta

Qashqadaryo viloyati — 206 ta

Buxoro viloyati — 193 ta

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 170 ta

Namangan viloyati — 162 ta

Jizzax viloyati — 156 ta

Navoiy viloyati — 125 ta

Andijon viloyati — 121 ta

Sirdaryo viloyati — 81 ta

 Izoh: ushbu koʻrsatkich faqatgina yuridik shaxs tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini qamrab olgan.