Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning 1 fevral holatiga Oʻzbekistonda avtomobillarni yuvish, sayqallash va shu kabi faoliyat bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar (yuridik shaxslar) soni 3 122 tani tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 504 taga yoki 19,3 foizga oshgan.
Ularning hududlar kesimdagi soni quyidagicha:
Xorazm viloyati — 399 ta
Toshkent shahri — 366 ta
Fargʻona viloyati — 310 ta
Toshkent viloyati — 299 ta
Samarqand viloyati — 276 ta
Surxondaryo viloyati — 258 ta
Qashqadaryo viloyati — 206 ta
Buxoro viloyati — 193 ta
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 170 ta
Namangan viloyati — 162 ta
Jizzax viloyati — 156 ta
Navoiy viloyati — 125 ta
Andijon viloyati — 121 ta
Sirdaryo viloyati — 81 ta
Izoh: ushbu koʻrsatkich faqatgina yuridik shaxs tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini qamrab olgan.