Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 16,6 foizga oʻsgan.

Statistikaga koʻra, bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulush savdo xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelib, 101,8 trillion soʻmni tashkil etgan.

Shuningdek:

  • yashash va ovqatlanish xizmatlari — 69,1 trln soʻm;
  • transport xizmatlari — 66,9 trln soʻm;
  • moliyaviy xizmatlar — 65,6 trln soʻm;
  • aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 30,9 trln soʻm;
  • taʼlim sohasidagi xizmatlar — 14,5 trln soʻm;
  • koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar — 9,2 trln soʻmni tashkil etgan.

Bundan tashqari, shaxsiy xizmatlar hajmi 7,4 trillion soʻm, sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar 7,3 trillion soʻmga yetgan.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, xizmatlar sohasidagi oʻsish mamlakat iqtisodiyotida ichki talab va biznes faollikning yuqori saqlanayotganini koʻrsatmoqda.