Bu haqida Energetika vazirligi ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, umumiy ishlab chiqarish hajmi 3 mlrd 27 mln kVt·soatni tashkil etgan. Shundan:

  • quyosh fotoelektr stansiyalari hissasi — 1 mlrd 640 mln kVt·soat
  • shamol elektr stansiyalari hissasi — 1 mlrd 387 mln kVt·soat

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 792 mln kVt·soatga yoki 37 foizga ko‘pdir.

Natijada 807 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi, atmosferaga 1 mln 740 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqarilishining oldi olindi

Shuningdek, joriy yil boshidan buyon barcha gidroelektr, quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 4 mlrd 650 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Bu esa 1 mlrd 240 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga, atmosferaga 2 mln 674 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqarilishining oldi olinishiga xizmat qildi

Vazirlikka ko‘ra, mazkur hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 5,8 mln xonadonning 4 oylik yoki 1,9 mln xonadonning bir yillik ehtiyojini qoplashga yetadi.