Maʼlumotlarga koʻra, dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida:
- yirik shoxli qoramollar — 10 mln 654,1 ming bosh;
- shundan sigirlar — 3 mln 597,4 ming bosh;
- qoʻylar — 14 mln 102,6 ming bosh;
- echkilar — 2 mln 371,4 ming bosh;
- otlar — 121,4 ming bosh;
- parrandalar — 46 mln 316,9 ming bosh;
- asalari oilalari — 711,9 ming donani tashkil etgan.
Yuridik shaxslar tasarrufida esa:
- yirik shoxli qoramollar — 1 mln 581,2 ming bosh;
- shundan sigirlar — 622,3 ming bosh;
- qoʻylar — 6 mln 186,3 ming bosh;
- echkilar — 431,4 ming bosh;
- otlar — 129,6 ming bosh;
- parrandalar — 74 mln 581,8 ming bosh;
- asalari oilalari — 205,2 ming dona qayd etilgan.
Dastlabki natijalarga koʻra, parrandalar soni yuridik shaxslarda, yirik shoxli qoramollar, qoʻy, echki va asalari oilalarining asosiy qismi esa dehqon va tomorqa xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.