Bu haqida Migratsiya agentligining Xorijda ish Telegram kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, farmatsevtika sohasida tajribaga ega mutaxassislar uchun Qatar davlatida ishlash imkoniyati e’lon qilindi. Nomzodlar «Xorijda ish» platformasida rezyume (CV) to‘ldirish orqali tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, ish kuniga 7 soatni tashkil etadi. Oylik ish haqi qo‘lga tegadigan holda 2000 AQSh dollarigacha bo‘lishi mumkin.

Ish beruvchi tomonidan ishchi vizasi rasmiylashtirish xarajatlari, O‘zbekiston–Qatar aviachiptasi, tibbiy sug‘urta, aeroport transferi, turar joy hamda ichki transport xarajatlari qoplab beriladi.

Nomzodlar o‘z hisobidan oziq-ovqat xarajatlarini qoplaydi. Bu xarajat oyiga taxminan 150–200 AQSh dollarini tashkil etadi.

Nomzodlardan 22 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lishi, farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi, kamida bir yillik ish tajribasi hamda ingliz tilini muloqot darajasida bilishi talab etiladi. Shuningdek, Qatarda ishlashga tayyor bo‘lishi lozim.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur yo‘nalish bo‘yicha yillik ehtiyoj 100 nafar farmatsevtika xodimini tashkil etadi. Nomzodlar «Xorijda ish» platformasida CV to‘ldirganlar orasidan saralab olinadi.