Shuningdek, Koreyada tahsil olayotgan 20 mingdan ortiq oʻzbekistonlik talabalarning oʻqishni tamomlaganidan soʻng oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxonasi rahbari Nurmatjon Komilov maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur yoʻnalishda Samsung, Hyundai, LG, SK Hynix kabi yirik koreys kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Shuningdek, parfyumeriya, ishlab chiqarish va turizm sohalari uchun mutaxassislar tayyorlash hamda ularni mehmonxonalarga menejer sifatida ishga joylashtirish boʻyicha kelishuvlar yakuniy bosqichga yetgan.

E-9 vizasi boʻyicha ham oʻzbekistonlik ishchilar uchun qator qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, ish joyini almashtirish uchun Migratsiya agentligi vakolatxonasining alohida roziligini olish talabi bekor qilindi.

Bundan tashqari, Migratsiya agentligi tomonidan oʻtkaziladigan testlar joriy yildan boshlab tajriba-sinov tariqasida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilmoqda.