Bu haqida Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, mazkur tayinlov O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro ishonch asosida yanada mustahkamlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya va turizm sohalarida amaliy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Senatorlar Umid Shodiev tashqi siyosat sohasida chuqur bilim va amaliy tajribaga ega ekanini, shuningdek, mamlakat milliy manfaatlarini xalqaro maydonda munosib va samarali ilgari surish salohiyatiga ega ekanini taʼkidladilar.

Umid Shodiev o‘tgan yil dekabrigacha Turizm qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Dekabr oyida esa ushbu lavozimga O‘zbekistonning BAAdagi sobiq elchisi Abdulaziz Akkulov tayinlangan edi.