Yangi konlarni özlaştiriş, mavjud quduqlarni taʼmirlaş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş «Özbekneftgaz»ning töqqiz oylik faoliyatidagi asosiy yönalişlardan böldi.
Kompaniya maʼlumotlariga köra, yanvar–sentyabr oylarida 80 ta quduq burğilanib, «Qiziljar», «Şağirlik» (quyi yura), «Telegri», «Gulşanboğ» va «Kaprin» gaz konlari oçildi. Şuningdek, 114 ta quduqni taʼmirlaş hisobiga kunlik gaz qazib çiqariş qöşimça 4 million kub metrga oşirildi.
Quduqlarni taʼmirlaş işlari doirasida 35 ta quduqda mukammal taʼmirlaş amalga oşirildi. Oktyabr oyi boşidan esa jamiyat böyiça kunlik gaz qazib çiqariş 1,6 million kub metrga köpaydi.
Geologiya-qidiruv işlari ham kengaytirilmoqda. Hisobot davrida seysmik tadqiqotlar 7 430 kvadrat kilometr maydonda ötkazildi. Bu 2025-yilga nisbatan beş baravar köp. 17 ta yangi maydonda çuqur izlov burğilaş boşlanib, 25 ta quduq qurilişi yakunlandi.
Yil oxirigaça 3D seysmik tadqiqotlar qamrovini 11 900 kvadrat kilometrga yetkaziş rejalaştirilgan. Kompaniya şuningdek, tadqiqot çuqurligini 8 000 metrgaça kengaytirişni közlamoqda.
Burğilaş işlarida taşqi pudratçilarga qaramlikni kamaytiriş maqsadida «UNG Burğilaş» MÇJ taşkil etildi. Uşbu korxona uçun Xitoy kompaniyalaridan 15 ta zamonaviy burğilaş dastgohi xarid qilinmoqda. Ular 9 000 metrgaça çuqurlikda işlaş imkoniyatiga ega böladi. Loyiha doirasida 1 000 dan ortiq yangi iş örni yaratilişi kutilmoqda.
Sanoat mahsuloti işlab çiqariş rejasi 105,7 foizga bajarildi. Töqqiz oyda 41,8 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarildi. Jumladan, 773,5 ming tonna avtobenzin, 759,7 ming tonna dizel yoqilğisi, 210,6 ming tonna aviakerosin va 452,7 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlandi.
Kompaniya kelgusida respublikada ilk bor sintetik moy, tozalangan parafin va çiziqli alkilbenzol işlab çiqarişni yölga qöyişni rejalaştirmoqda. Bu mahsulotlar import örnini bosiş va mahalliy sanoatni xomaşyo bilan taʼminlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.
Qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida neft bazalarida benzin zaxirasi ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,5 baravar köp şakllantirildi.
Kompaniyaning moliyaviy natijalari ham ijobiy böldi. Hisobot davrida eksport hajmi 736,7 million dollarga yetdi, investitsiyalar özlaştirilişi 790 million dollarni taşkil qildi. Mahalliylaştiriş doirasida 17,3 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarildi.
Xarajatlarni maqbullaştiriş natijasida 1,9 trillion söm tejaldi. Şuningdek, kompaniya uluşi mavjud korxonalardan 2,6 trillion söm dividend hisoblandi va davlat byudjetiga 6,9 trillion söm tölandi.
Kompaniya kredit xarajatlarini kamaytiriş işlarini ham davom ettirmoqda. 69 ta kredit şartnomasining 41 tasi böyiça qayta moliyalaştiriş va muddatidan oldin söndiriş hisobiga 18 million dollar foiz xarajati tejaldi.
Xodimlarning mehnat va yaşaş şaroitlarini yaxşilaş maqsadida töqqiz oyda oylik maoşlar 21 foizga oşirildi. Ustyurtda 160 örinli, Şörtanda esa 130 örinli yotoqxonalar foydalanişga topşirildi. Şuningdek, işçilarni kuniga bir mahal bepul issiq ovqat bilan taʼminlaş yölga qöyildi.
Konlarda işçilarni taşiş va mehnat şaroitlarini yaxşilaş uçun 52 ta maxsus yöltanlamas avtomobil va 58 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi.
Kompaniya maʼlumotlariga köra, amalga oşirilayotgan islohotlar gaz qazib çiqarişni köpaytiriş, yangi konlarni özlaştiriş, importga qaramlikni kamaytiriş va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlaşga qaratilgan.