Putin avvalroq Zelenskiy uchrashuvga tayyor bo'lsa, Moskvaga kelishi kerakligini aytgan edi. Zelenskiy bu taklifni rad etdi, biroq bunga qarama-qarshi tarzda “har qanday formatda” uchrashuvga tayyor ekanligini aytdi. Bu borada Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta'kidlaganidek, Putin Zelenskiyni taslim bo'lganini qabul qilish emas, balki Moskvaga muzokaralar uchun taklif qilgan.
“Biz barchamiz, barcha jamoalarimiz Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatarda, Avstriya, Shveytsariya kabi neytral Yevropada uchrashuv o'tkazishni taklif qildik... agar xohlasangiz, masalan, Qozog'istonda”, dedi Zelenskiy Amerikaning Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Boshlovchining aniqlik kiritish uchun bergan savoliga javoban Zelenskiy Rossiya rahbari bilan uchrashishga tayyorligini tasdiqladi, deb xabar berdi ria.ru.