Ushbu preparat Omikron shtammiga qarshi antitanalarni ishlab chiqarishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Kompaniyaning taʼkidlashicha, bir oy oldin 3 dozadan vaksina qabul qilgan 32 kishining 78 foizidan olingan namunalarda Omikronga qarshi neytrallashtiruvchi antitanachalar aniqlangan.
32 ta kishidan 16 tasi ikkinchi va uchinchi dozalarni toʻrt oydan koʻproq vaqt oraligʻida qabul qilgan. Ularning barchasida omikronga qarshi neytrallashtiruvchi antitana aniqlandi, ammo antitanalar darajasi asl koronavirusda kuzatilganidan taxminan uch baravar kam.