Rekombinant oqsil subbirliklariga asoslangan vaksina kafolatlangan bioxavfsiz virusli nuklein kislotalarning komponentlarini oʻz ichiga olmaydi. Vaksinani yaratishda anʼanaviy monomerli RBD bilan taqqoslaganda immunogenlikni sezilarli darajada oshiradigan dimerli RBD noyob patentlangan texnologiyasidan foydalanilgan.
Maxsus antigenni ekspresiya qilish uchun genlarni rekombinatsiya qilish texnologiyasi – gepatit V va Ye, papilloma, gerpes bilan bogʻliq va boshqalarga qarshi vatsinalar ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnologiyadir.
Ushbu texnologiya sababli boshqa koronavirusli vatsinalardan farqli oʻlaroq, ZF-UZ-VAC2001 preparatini odatdagi sovutgich kameralarida qulay tarzda saqlash va tashish mumkin, chunki u oʻta past harorat sharoitlarini talab qilmaydi. Tavsiya etilgan harorat oraligʻi 2-8°C boʻlib, ikki yilgacha saqlanishi mumkin.