ZF-UZ-VAС2001 vaksinani yangi “britaniya” va “braziliya” shtammlarga qarshi samarali ekani ham tasdiqlandi

    Salomatlik 19 Aprel 2021 726

    10-dekabr kuni mamlakatda ZF-UZ-VAS2001 vaksinasining III faza klinik sinovlarining boshlanishiga start berilgan edi. 

    Xitoydagi Oʻzbekiston elchixonasi yordamida Oʻzbekistonga Zhifei kompaniyasi tomonidan 6000 dona sinov vaksinasi (50% haqiqiy vaksina, 50 % platsebo), 12 ming dona PZR testlar, 8 ming dona antitanalarni aniqlovchi testlar xamda barcha ishlatiladigan yordamchi materiallar (shpris, niqob, koʻzoynak, krioprobirkalar va h.k) olib kelindi.

    2020-yil 10-dekabrda respublikada koronavirusga qarshi Xitoyning Anhui Zhifei Longcom kompaniyasi vaksinasinig uchinchi bosqichi sinovlari boshlandi.

    Vaksina klinik tadqiqotlar guruhi tarkibiga 8 nafar Anhui Zhifei Longcom kompaniyasining xodimi, 30 nafar Ilgʻor texnologiyalar markazining olimlari, 112 nafar sogʻliqni saqlash xodimlari, 36 nafar Sall -markaz shifokorlari kiritilgan edi.

    Tadqiqotlarning uchinchi bosqichi natijalariga koʻra, vaksina yuqori samaradorlikni va yuqori darajadagi antitanalar ishlab chiqilishini koʻrsatgani aytilmoqda.

    Bundan tashqari, 2021-yil fevral oyida oʻtkazilgan sinovlar doirasida laboratoriya namunalari natijalariga koʻra, vaksina koronavirusning “janubiy afrika” shtammiga qarshi aktiv neytral xolatini saqlab qoldi.

    Oʻzbekistondagi klinik tadqiqotlar xalqaro klinik amaliyotda qoʻllaniladigan huquqiy va axloqiy meʼyorlarga muvofiq GSR (Good Clinical Practice –Tegishli Klinik Amaliyot) qoidalarini hisobga olgan holda oʻtkazilganligi ma'lum qilingan.

    Nazorat guruhiga kiritilgan 150 nafar koʻngillilarning 90 foizida ikkinchi dozadan soʻng qonda 4,55 Au / ml dan yuqori boʻlgan antitanachalar darajasi aniqlandi, bu koronavirusni zararsizlantirish uchun yetarli hisoblanishi ma'lum bo'lgan.

    Shunday qilib, vaksinani koronavirusning yangi “britaniya” va “braziliya” shtammlariga qarshi samarali ekanligi ham tasdiqlandi.