Fransiya futbol federatsiyasi va mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham oʻrtasidagi shartnoma joriy yilning dekabr oyida yakuniga yetadi. Qatarda oʻtadigan jahon chempionatidan soʻng terma jamoani Zinedin Zidan boshqarishi mumkin. Bu haqda Libertad Digital xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, Zidan 2021-yilning may oyida “Real”dan ketgach, PSJ va “Manchester Yunayted” bilan muzokara olib borgan. Biroq u Fransiya termasini boshqarishni orzu qilgani uchun FFFdan taklif kutgan. Nihoyat taklif boʻlgan va Fransiya futbol federatsiyasi hamda Zidan oʻrtasida kelishuvga erishilgan.