Frantsiyalik mashhur futbolchi va murabbiy Zineddin Zidan “Real”dan ketgandan buyon ishsiz yuribdi. Uni u yoki bu jamoaga bosh murabbiy bo'lib o'tyapti degan xabarlar chiqqan bo'lsa-da, amalda unday bo'lmayapti.
RMC Sport nashri xabariga qaraganda, Zidan sobiq jamoasi “YUventus”ni boshqarishni istamoqda. Agar Turin klubi Zidanga uzoq muddatli loyihaga boshchilik qilishni taklif etsa, u jamoada ish boshlashga tayyor.
YAqinda Zidanga Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi qiziqish bildirayotgani haqida ham xabarlar tarqalgandi.
SHu o'rinda eslab o'tish joizki, Zidan o'z vaqtida futbolchi sifatida “YUventus” sharafini munosib himoya qilgan.