Zilzila boʻyicha maʼlumot beruvchi mobil ilova yaratiladi

    Raqamlashtirish 30 Iyul 2020 1449

    “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–4794, 30.07.2020 y) qabul qilindi.

    Qaror bilan:

    seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xafvsizlikni taʼminlash sohasidagi masʼul davlat organlari belgilandi.

    Hukumat tarkibiy tuzilmasida ushbu sohani muvofiqlashtuvchi shoʻba va tegishli jamgʻarma tashkil etildi.

    Qarorga koʻra:

    • 2021-yil 1-apreldan seysmik faol hududda joylashgan mavjud bino va ishootlar, koʻp qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholashga xizmat qiluvchi;
    • 2021-yil 1-maydan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan koʻp qavatli bino va inshootlarning konstruktiv tizimi, qurilish maydonining seysmiy darajasi kabilarni nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlar shakllantiriladi.

    Shuningdek, qarorga muvofiq:

    2021-yil 1-aprelga qadar aholiga sodir boʻlgan zilzila boʻyicha toʻliq maʼlumot beruvchi mobil ilova yaratiladi.

    2020-yil 1-noyabrga qadar barcha suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamlik holatini baholash boʻyicha ekspress uslubiyot ishlab chiqiladi.

    Qaror bilan Respublikada seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimini takomillashtirish dasturi qabul qilindi.