Qaror bilan:

seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xafvsizlikni taʼminlash sohasidagi masʼul davlat organlari belgilandi.

Hukumat tarkibiy tuzilmasida ushbu sohani muvofiqlashtuvchi shoʻba va tegishli jamgʻarma tashkil etildi.

Qarorga koʻra:

  • 2021-yil 1-apreldan seysmik faol hududda joylashgan mavjud bino va ishootlar, koʻp qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholashga xizmat qiluvchi;
  • 2021-yil 1-maydan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan koʻp qavatli bino va inshootlarning konstruktiv tizimi, qurilish maydonining seysmiy darajasi kabilarni nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlar shakllantiriladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq:

2021-yil 1-aprelga qadar aholiga sodir boʻlgan zilzila boʻyicha toʻliq maʼlumot beruvchi mobil ilova yaratiladi.

2020-yil 1-noyabrga qadar barcha suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamlik holatini baholash boʻyicha ekspress uslubiyot ishlab chiqiladi.

Qaror bilan Respublikada seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimini takomillashtirish dasturi qabul qilindi.